SportUz.Net

Rasman. Isroil Madrimovning vaznida chempionlik jangi elon qilindi

31.05.2025 17:54    


Rasmni yuklab olish

WBO tashkiloti super yarim o'rta vazn toifasidagi titul bellashuvini anons qildi.

Sebastyan Fundora tomonidan vakant qoldirilgan kamar uchun puerto-rikolik Xander Zayas (21-0, 13 KO) va meksikalik Xorxe Garsiya Peres (33-4, 26 KO) bahs olib boradigan bo'ldi.

Jang 26 iyul kuni Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden"da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, amaldagi chempion Fundora avstraliyalik Tim Czyu bilan revansh jangini o'tkazish maqsadida o'z ixtiyori bilan WBO kamarini bo'sh qoldirgan edi. Ushbu vazn toifasida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBO reytingida 7-o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: