SportUz.Net

Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!

01.06.2025 16:00    


Rasmni yuklab olish

Raqamlangan UFC 320 turniri Meksika mustaqilligi kuniga bag'ishlab o'tkazilishi rejalashtirilgandi.

13 sentyabr kuni Gvadalaxara shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan ushbu turnir manzili Meksikadan AQSHga ko'chirildi. Bunga musobaqaga mezbonlik qiluvchi arena qurilishining belgilangan sanaga tayyor bo'lmasligi sabab sifatida ko'rsatilmoqda. 

Turnirning yangi manzili sifatida AQSHning San-Antonio shahridagi "Frost Bank Center" arena etib belgilandi. Ammo bu raqamlangan turnir bo'lmaydi. UFC 320 turniri Fight Night maqomida o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: