SportUz.Net

CHimaev chempionlik jangi uchun Kislovodskda yig'in o'tkazyapti, Xotambek Boynazarov ham o'sha erda

02.06.2025 15:15    


Rasmni yuklab olish

BAA sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Xamzat CHimaev keyingi jangi uchun tayyorgarlikni boshladi.

U 17 avgust kuni UFC 319 turniri markaziy bellashuvi doirasida o'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Drikyus Dyu Plessiga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Xamzat mazkur jang oldidan ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini Rossiya Federaciyasining Kislovodsk kurort-shahrida boshladi. Tarmoqlarda MMA jangchisining erkin kurash bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Abdulrashid Sadullaev bilan kurash tushayotgani aks etgan video tarqaldi.


Bundan tashqari, biz uchun ahamiyatlisi, yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Xotambek Boynazarov ham aynan Kislovodskda mashg'ulot olib boryapti. Quyidagi suratda uning taniqli rossiyalik MMA jangchisi Abubakar Vagaev bilan birga ekanini ko'rish mumkin.

Malumot uchun, CHimaev va Boynazarov Dubaydagi TKMMA zalida ham birga mashg'ulot o'tkazishardi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: