SportUz.Net

World Boxing sportchilarning jinsini aniqlash uchun majburiy test joriy etadi

02.06.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

Olimpiya o'yinlarini tashkil etish huquqi berilgan World Boxing tashkiloti endilikda majburiy jins aniqlash testini o'tkazadi.

Yangilik 1 iyul sanasidan kuchga kiradi. 18 yoshdan oshgan har bir sportchi jinsini aniqlash uchun PCR testidan o'tishi talab etiladi. Milliy federaciyalar musobaqalarga ro'yxatdan o'tishda sportchilarning jinsini sinovdan o'tkazish va tasdiqlash uchun javobgar bo'ladi.

SHuningdek, tashkilot Jazoir boks federaciyasiga xat jo'natgan, unga ko'ra, Iman Xelif 5-10 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Eyndxoven kubogida ayollar toifasida, shuningdek, World Boxing qoidalari va test tartib-qoidalariga muvofiq jinsini aniqlash uchun genetik tekshiruvdan o'tmaguncha, musobaqalarda qatnasha olmaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: