SportUz.Net

SHohjahon Ergashev keyingi jangi sanasi va manzilini elon qildi

03.06.2025 13:12    


Rasmni yuklab olish

Super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar o'zbekistonlik prof bokschi SHohjahon Ergashev iyul oyida ringga qaytadi.

Bu haqda SHohjahonning o'zi Instagram sahifasida malum qildi. Unga ko'ra, Ergashev 3 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi.

Avvalroq, qo'qonlik charm qo'lqop ustasi IBA unga jang taklif etgani haqida xabar bergandi.

Malumot uchun, 33 yoshli SHohjahon Ergashev prof faoliyatida 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz so'nggi jangini shu yilning 15 fevral kuni Farg'onada ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: