SportUz.Net

Arman Carukyan Moskvada jang o'tkazdi

01.06.2025 14:15    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida ADXC 10 turniri bo'lib o'tdi.

"Dinamo" voleybol arenasida o'tgan greppling turniri doirasida engil vazn toifasi chempionligi uchun sobiq davogar Arman Carukyan sobiq Bellator chempioni braziliyalik Patriki "Pitbull" Freyrega qarshi jang o'tkazdi. Jangning beshinchi raundida Carukyan raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.

 Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan UFC 311 turnirinig asosiy jangida Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Arman jangga yaqin jarohat sabab safdan chiqqani bois uning o'rnini braziliyalik Renato Moykano egallagan va Islam uni birinchi raunddayoq bo'g'ib qo'ygandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: