SportUz.Net

“Thailand Open” musobaqasida jami 16 ta medal qo'lga kiritdik

01.06.2025 18:42    


Rasmni yuklab olish

22 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahri "Thailand Open" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz ishtirok etdi, deb xabar bermoqda federaciya matbuot xizmati. Bugungi final bahslaridan so'ng terma jamoamiz 5 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Biz singari 5 ta oltin medalga ega chiqqan Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi. Biz qo'shnilarimizdan 2 ta kumush medal ko'proq qo'lga kiritdik. Mezbonlar Tailand terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Erkaklar o'rtasida O'zbekiston, ayollarda esa Xitoy birinchi bo'ldi.  


Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar:

-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev

-55 kg: Faryozbek Do'smatov

-85 kg: Nusratbek Tohirov

-48 kg: Farzona Fozilova

-75 kg: Aziza Zokirova


Kumush medallar:

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov

-75 kg: Javohir Abdurahimov

-51 kg: Sabina Boboqulova

-54 kg: Feruza Kazakova


Bronza medallar:

-60 kg: Madiyar Daniyarov

-80 kg: Samandar Jalolov

-90 kg: Elyorbek Jo'raboev

+90 kg: Abdurahmon Rustamov

-57 kg: Nigina O'ktamova

-65 kg: Navbahor Hamidova

-70 kg: Oysha Toirova

Murabbiylar: Rahmatjon Ro'ziohunov, Elshod Rasulov, Akmal Hasanov, Botirjon Mahmudov, Mansur Muqimov, Islam Tadjibaev, Jamoliddin Po'latov, Istam Kabinov, SHahzoda Umarova.

SHifokor: Komiljon Rasulov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: