SportUz.Net

Thailand Open. Boks bo'yicha erkaklar terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi

01.06.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Ayni daqiqalarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha nufuzli Thailand Open turnirining final janglari o'tkazilmoqda.

Biroz avval musobaqaning erkaklar o'rtasidagi final janglari yakuniga etdi. Hal qiluvchi bosqichga 5 nafar charm qo'lqop ustamiz etib kelgandi. Ulardan 3 nafari raqiblarini engib, xalqaro turnir chempioniga aylanishdi.  

SHodiyorjon Meliqo'ziev (-50 kg) iordaniyalik Xutxaifa Eshishni 5:0, Hasanboy Do'smatovning ukasi Faryozbek Do'smatov (-55 kg) tailandlik Saravut Sukthetni 4:1, Nusratbek Tohirov (-85 kg) esa yana bir mezbon bokschi Jakkapong Yomxotni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi. 

Finalga qadar etib kelgan Muhammadazizbek Ismoilov (-70 kg) qozog'istonlik Torexan Sabirxanga, Javohir Abdurahimov (-75 kg) esa hindistonlik tajribali Dipakka imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. 

SHu tariqa, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medallari bilan Thailand Open turnirini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladi. Hindiston ikkinchi pog'onadan joy oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: