"Men faol bo'lib qolishni istayman. Agar shu yili uchta jang o'tkazishga muvaffaq bo'lsam, juda xursand bo'laman. Kori Sendxagen allaqachon men bilan jangni intiqlik bilan kutayotganga o'xshaydi. U munosib davogar. U bu vaznda barcha kuchli jangchilarga qarshi oktagonga chiqqan. Unig mahorat darajasi ham yuqori – bu hech kimga sir emas. Men SHon bilan jangdan keyin Koriga qarshi jang qilishga qarshi emasman. Keyin esa yil oxirida Nyu-York yoki endi mening yangi uyimga aylangan Las-Vegasda yana bir jang o'tkazishni istayman", — dedi Dvalishvili.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!