SportUz.Net

Olovli kechgan Meliqo'ziev - Fulgxem jangining zarbalar statistikasi elon qilindi + FOTO

31.05.2025 13:36    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu turnirda 29 yoshli Bektemir Meliqo'ziev amerikalik 28 yashar Darius Fulgxemga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi o'rta vazn toifasi WBA chempionlik kamari uchun davogarlik maqomidagi jang 12 raund to'liq davom etdi va yakunda charm qo'lqop ustamiz hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham 114-112 hisobidagi g'alabani Bektemirga taqdim etgan. 

Etiborlisi, har ikki bokschi ham Golden Boy kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Ettinchi raundda referi Meliqo'zievdan raqibini ushlab qolgani uchun ochko olib tashladi. Hamyurtimizning so'nggi raundda Dariusni nokdaun holatiga tushirib qo'ygani esa g'alabaning asosiy omillaridan biri bo'ldi. 

Quyida 12 raundlik jang yakunlari bo'yicha zarbalar statistikasi elon qilindi. Natijalardan ko'rish mumkinki, jang juda ham yaqin bo'lgan. Ikkala bokschi ham jeb, kuch bilan yo'naltirilgan zarbalar statistikasi bo'yicha bir-biridan qolishmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: