"Hammasi juda yaxshi ketyapti. Jismoniy holatim ajoyib. Jangga tayyorman. Bu jang katta darajadagi to'qnashuv bo'ladi. O'zimda bor kuchimni namoyon qilaman. Bu boksning eng yuqori cho'qqisi — mutlaq chempionlik. Barcha kamarlarni olaman. Bu dahshatli nokaut bo'ladi", – dedi Dyubua.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi birinchi jang 2023 yil avgust oyida bo'lib o'tgan va bahs Usikning 9-raunddagi texnik nokauti bilan yakunlangan. Revansh 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.