Tashkilot matbuot xizmati ushbu turnir ishtirokchilari orasida bonus sohiblarini aniqladi. "Eng yaxshi ishtirok uchun" ajratilgan to'rtta mukofotning uchtasi o'zbek sportchilariga nasib etdi.
Jumladan, braziliyalik Manuel dos Santosni birinchi raundda nokautga uchratgan hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev, Ozarbayjon vakili Emin SHarifovdan ustun kelgan Saydatxon Nuriddinov hamda tojikistonlik tajribali Farhod Davlatovni mag'lub etgan Asadbek Qoxorov qo'shimcha mukofot pullarini olishadigan bo'ldi.
Hamyurtimiz Qahramon Tursunboevni dog'da qoldirgan qozog'istonlik Bekdaulet Korganbay to'rtinchi bonus sohibi bo'ldi.