"Jang reja bo'yicha ketmadi, lekin yutganimdan xursandman. Birinchi raunddayoq hammasi o'zgarib ketdi. Raqibim menga hech qanday syurpriz tayyorlamagan ekan. Faqat jangni qabul qilgan paytimda bitta xavfli zarbasi borligini payqagandim. Bilmadim, nimagadir o'sha zarbaga to'g'ri kelib qoldim. Boshqa yangilik ko'rmadim. Lekin zarbalarimni ko'tardi", deydi Ro'ziboev.
19 may tongida bo'lib o'tgan bellashuvda Nursulton Germaniya vakili Dastin Stolcfusni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.