"Uning yoshida amaldagi chempionga qarshi jang qilish juda katta tavakkalchilik. Jorj Forman Maykl Murerni mag'lub etganda Pakyaodan yoshroq edi. SHuni ham unutmaslik kerakki, o'sha jang oldidan Forman faoliyatini to'xtatmagan edi.
Pakyao – juda ajoyib sportchi. Agar kimdir bu ishni uddalay oladigan bo'lsa, u aynan Pakyaodir. Lekin uning yoshi va uzoq tanaffusi meni jiddiy xavotirga solmoqda", - dedi Arum.