SportUz.Net

Murodjon Ahmadaliev jangidan 10 kun oldingi mashg'ulotlari qanday ketayotganini ko'rsatdi (FOTO)

21.05.2025 12:33    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev navbatdagi bahsi uchun so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.

U ayni paytda AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida aka-uka Diaslar qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Murodjon Ahmadaliev Toshkent vaqti bilan 31 may tongida Meksikaning Gvadalaxara shahrida tashkil etiladigan Matchroom boks oqshomida mezbon yurt vakili Luis Kastiloga qarshi ringga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: