SportUz.Net

Doston Bozorov chempionlik kamarini vakant qoldirib, Octagon League'ni tark etdi(mi?)

21.05.2025 11:15    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA jangchisi, engil vazn toifasida Octagon League chempioni Doston Bozorov faoliyatini boshqa tashkilotda davom ettirishi mumkin.

Doston uchun avval aytilganidek, 11 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan titul jangi Octagon League'dagi so'nggisi bo'lgani oydinlashib boryapti.

Kamar uchun birinchi raqamli davogar boshqa bir hamyurtimiz, avvalroq Bozorov bilan jang qilishi kerak bo'lgan Mavlonbek Mirkomilov o'z intervyusida shunga ishora qildi:

"6 iyul kuni In SHa Alloh jang qilamiz. Turnir Samarqandda bo'ladi. Raqib shu kunlarda aniq bo'ladi. Lekin hozircha Sayat Abdualini berishmoqchi bo'lishyapti. Xudo xohlasa, Sayat bilan urushishimiz mumkin. Menejerimni aytishicha, bu jang kamar uchun bo'ladi. Men birinchi o'rindaman, u "Humo Arena"dagi jangidan keyin ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman", deydi Mirkomilov SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: