SportUz.Net

Xabibning jamoadoshi Xotambek Boynazarovga "vyzov" tashladi

21.05.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Abduraxman Alimagomedov ushbu vaznda UAE Warriors Ligasi chempioni, o'zbekistonlik Xotambek Boynazarov bilan jang qilish istagini bildirdi.

"UAE Warriors'da bir ajoyib yigit bor. Unda Nurmagomedov MMA maktabiga bog'liq bo'lgan bir narsa bor. Men Eagle FC'da birinchi raqamli davogar edim, keyin esa jiddiy raqib ustidan g'alaba qozonib, UAE Warriors'ga kirib keldim. 

Hoy, Xotambek Boynazarov, kel, kimning kurashi kuchli ekanini tekshirib ko'ramiz. SHunchaki jang qil, men senga tartibsizlikni ko'rsataman. Kattalar maslahat berasizlarmi?", deya Islam Maxachev va Xabib Nurmagomedovga murojaat qilgan Alimagomedov.

Boynazarov hozircha bu chaqiruvga javob qaytarganicha yo'q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: