SportUz.Net

Engilmas UFC jangchisi Maykl Morales reytingda Top-10`ga kirib oldi

20.05.2025 18:15    


Rasmni yuklab olish

Yakshanba tongida Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 256 turniridan keyin bir nechta vazn toifalarida reytinglar yangilandi.

Jumladan, yarimo'rta vazn (77 kg) toifasida ekvadorlik Maykl Morales faoliyatida ilk bor Top-10 reytingiga kirib oldi. U UFC Fight Night 256 turnirining asosiy jangida chempionlik kamari uchun sobiq davogar braziliyalik Gilbert Byornsni texnik nokautga uchratgan edi.

Yarimo'rta vazn UFC reyinti (Top-10):

CHempion – Jek Della Maddalena (Avstraliya)

1. Belal Muhammad (AQSH)

2. SHon Bredi (AQSH)

3. SHavkat Rahmonov (Qozog'iston)

4. Leon Edvards (Buyuk Britaniya)

5. Kamaru Usman (Nigeriya)

6. Ian Garri (Irlandiya)

7. Xoakin Bakli (AQSH)

8. Maykl Morales (Ekvador)

9. Kolbi Kovington (AQSH)

10. Gilbert Byorns (Braziliya)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: