Lekin CHarlz Oliveyraga qarshi kechadigan ushbu jangda Iliyani shu darajaga olib chiqqan murabbiylari bo'lmaydi. Marca nashri bergan xabarga qaraganda, Topuriya o'z murabbiylari Xorxe va Augusto Klimenta bilan xayrlashgan. Uning bu qarorini Iliyaning akasi Aleksandr Topuriya ham qo'llab-quvvatlagan.
Tomonlar yaxshi yo'l bilan xayrlashishgan. Bunday qarorga kelinishiga Iliya va murabbiylar yashash hududlari orasidagi katta masofa sabab bo'lgani aytilmoqda.
"Ular boshqa-boshqa shaharlarda yashaydilar. Bu esa hamisha ko'ngildagidek ishlash uchun to'sqinlik qilib kelmoqda", – deya Topuriyaning jamoasidagilar so'zlarini keltirmoqda Marca.
Malumot uchun, aka-uka Klimentlar Ispaniyaning Alikante shahridagi "Climent Club" mashg'ulot bazasining egalari hisoblanadi. Aynan shu zalda Topuriya 15 yoshidan mashg'ulotlarni boshlagan va hozirgacha janglariga shu erda tayyorgarlik ko'rib kelgan.
"O'tgan yillardagi hamkorlik va shu darajaga chiqishimda yordam berganliklari uchun murabbiylarga rahmat aytaman. Ularning kelgusi loyihalarida omad tilayman", – dedi Iliya Topuriya.
Hozircha Topuriyaning yangi murabbiylar shtabi elon qilinmagan. Lekin uning boks bo'yicha murabbiyi Xavi Kliment hamkorlikni davom ettiradi. SHuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis doktor Aldo ham jamoada qoladi.
Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov qaytmoqda. Uning raqibi Braziliyadan (POSTER)
Saidyoqub Qahramonov Jon Jonsga tegishli Ligada UFC vakili bilan jang qiladigan bo'ldi + POSTER