SportUz.Net

Jon Jons: "Meni kamarimdan mahrum qilishadi? Sizlar boshqa daraxtga qarab akillayapsiz"

20.05.2025 09:42    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons promoushenda aktiv emasligi va buning natijasida kamaridan mahrum qilinishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

Amerikalik 38 yoshli chempion unvonidan ayrilishdan aslo qo'rqmasligini aytdi. 

"Meni kamarimdan mahrum qilishadi? Xa-xa, bu narsa meni tashvishga soladigan, bu narsadan qo'rqadigan odamga o'zshaymanmi? Sizlar hammangiz boshqa daraxtga qarab akillayapsizlar", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Jons. 

Malumot uchun, Jons so'nggi jangini 2024 yilning noyabr oyida Nyu-Yorkdagi UFC 309 turniri doirasida sobiq UFC chempioni Stipe Miochichga qarshi o'tkazib, vatandoshini uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Bu Jon uchun birinchi chempionlik himoya jangi bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: