SportUz.Net

Saidyoqub Qahramonov Jon Jonsga tegishli Ligada UFC vakili bilan jang qiladigan bo'ldi + POSTER

20.05.2025 13:45    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, eng engil vazn toifasida UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonovning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

29 yashar hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 15 iyun kuni AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan The Hangar at Regatta Harbour majmuasida tashkil etiladigan DBX 2 musobaqasi doirasida ringga chiqadi. Boisi, musobaqaga tashrif buyurgan muxlislar maxsus qoidalar asosidagi boks bellashuvlarini tomosha qilishadi.

Qahramonovga turnir doirasida amerikalik UFC jangchisi Aleks Kaseres raqiblik qiladi. Bu har ikki sportchining Dirty Boxing'dagi ilk jangi bo'ladi. Ularning bellashuvi musobaqaning co main event'i bo'ladi.

DBX 2 turnirining markaziy jangi surinamlik taniqli UFC jangchisi Jairzino Rozenstrayk hamda Power Slap ishtirokchisi Devon SHvan o'rtasida kechadi.

Malumot uchun, Dirty Boxing Ligasiga og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons ham egalik qiladi. Liganing ilk musobaqasida o'zbekistonlik boshqa bir aralash yakkakurash ustasi — Anvar Boynazarov jang qilib, ilk raundda nokaut orqali g'alaba qozongandi.

Ilgariroq, Saidyoqub Qahramonovning 17 may kuni WXC 97 (Warrior Xtreme Cagefighting) turniri doirasida amerikalik UFC sobiq jangchisi Xose Jonsonga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berilgandi, biroq nomalum sabablarga ko'ra, ushbu bellashuv tashkil etilmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: