Filippinlik 46 yoshli afsonaga WBC tashkiloti nafaqat chempionlik kamari uchun jang o'tkazishga ruxsat berdi, balki uni yarimo'rta vazn (66,7 kg) toifasi reytingiga ham kiritdi.
"Pakyaoning qaytishini keskin qoralayman. Uning qaytishiga hojat yo'q edi. Balki, u o'zining yoshligini his qilib, Barriosni oson yutaman deb o'ylayotgandir. Bilmadim, shunday bo'lishi ham mumkin. Ammo chempionlik kamari uchun imkoniyat berilishi ahmoqlik. Barcha WBC tashkilotida. Faoliyatini yakunlaganiga besh yil bo'lgan bokschiga birdaniga chempionlik kamari uchun jang berishni tushunmayman. Uni yana reytingda Top-5`ga kiritish, bunisi hammasidan o'tib tushdi. Pakyaoning faoliyatiga hurmat bilan qaramayman. Lekin takror aytaman, bu erda barcha ayb WBC tashkilotida. SHu tashkilot Dmitriy Bivolning kamarini tortib olgandi. WBC`ning qarorlari va fikrlashi shunchaki — 0" , — dedi Siesta.
Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov qaytmoqda. Uning raqibi Braziliyadan (POSTER)
Saidyoqub Qahramonov Jon Jonsga tegishli Ligada UFC vakili bilan jang qiladigan bo'ldi + POSTER