SportUz.Net

Kamil Gadjiev: "Krilovning taqdiri Guskovga bog'liq"

19.05.2025 17:57    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik taniqli promouter Kamil Gadjiev yarimog'ir vazn (93 kg) toifasidagi hamyurti Nikita Krilovning hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi jangi haqida gapirdi.

Ushbu jang 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida o'tkaziladi.

"SHuncha xizmatlariga qaramay, Krilovni yutqazadigan bo'lsa promoushendan haydab yuborishlari mumkin. Bogdan esa bungacha bo'lgan janglarda g'alaba qozondi. U imkoniyatni boy bergan taqdirda ham Ligada qoladi. Agar Nikita g'alaba qozonadigan bo'lsa, u holda chempionlik jangi uchun katta qadam tashlagan bo'ladi. Demak, Nikita Krilovning taqdiri Bogdan Guskovga bog'liq", — dedi Gadjiev o'zining YouTube-kanalida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: