Amerikalikning aytishicha, u allaqachon UFC rahbarlarini o'z rejalaridan boxabar qilgan.
"Siz manzilda adashib qoldingiz. Men allaqachon o'z rejalarimni UFC rahbariga aytganman. Jin ursin, nega haligacha ular sizlarga bu gaplarni etkazishmagan", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Jons.
Bundan tashqari, chempion o'ziga to'g'ridan-to'g'ri o'zingizning poziciyangiz qanday deb berilgan savolga javob berishdan qochdi.
"Men o'zim shu darajaga keltirgan ajoyib brend targ'ibotini davom ettiraman. Lekin Tailandda men ancha mashhurroq ekanman. U erda har bir metr masofada siz bilan suratga tushishadi. Mening rus va britaniyalik muxlislarim portlatishdi. Hammasi mening foydam uchun ketmoqda", – deya bog'dan-tog'dan javob bergan Jons.
Bir necha kun oldin Liga rahbari Dana Uayt Jon Jons yil oxirigacha aniq oktagonga qaytishini elon qilgandi.
"Boshqa aziyat chekishni istamadim". Topuriya engil vaznga o'tish sababini ochiqladi