Ular ortiq Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi yil jangining promouterlari emas. Endi ushbu jang tashkilotchiligi bilan Saudiya Arabistonining "Sela" kompaniyasi shug'ullanadi. Superjangning o'zi 12 sentyabrdan 13 sentyabrga ko'chirildi. Bu haqda jangni bosh promouteri Turki Al ash-SHeyx xabar berdi.
"Biz Kanelo - Krouford jangi promouteri "Sela" kompaniyasi bo'lishini tasdiqlaymiz. Jangni qaysi telekanal namoyish etishi bo'yicha hali bir qarorga kelmadik. Lekin sana aniq – shanba, 13 sentyabr. Tez orada bu jang bo'yicha barcha malumotlar taqdim etiladi", – dedi Saudiya Arabistoni ko'ngochar bosh boshqarmasi rahbari Turki Al ash-SHeyx.
Avvalroq Kanelo - Krouford jangining Las-Vegasdagi "Allegiant" stadionida o'tkazilishi aytilgan edi. Ammo endi uchta lokaciya – Las-Vegas, Los-Anjeles va Nyu-York shaharlari ko'rib chiqilmoqda.
Dana Uaytning chetlatilishiga aynan 13 sentyabr kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida UFC promoushenining raqamlangan turniri o'tkazilishi sabab bo'lishi mumkin.