SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev raqibiga murojaat qildi (FOTO)

19.05.2025 11:36    


Rasmni yuklab olish

Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night turniri doirasida Nursulton Ro'ziboev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritgandi.

Aralash yakkakurash ustamiz amerikalik Dastin SHtolcfus ustidan ochkolar evaziga g'alaba qozongan edi. Ro'ziboev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joylab, uning ostida kichik izoh - raqibiga murojaat qoldirdi: "Respect, uzurda uka!" deya smaylik belgisini ham qo'shimcha qilgan.  

"SHtolcfus men kutganimdan yaxshiroq jang qildi. Jangni muddatidan oldin tugatishga harakat qildim, lekin bunga imkoniyat bo'lmadi. Jang davomida aylanib tepish zarbalarini berdim, kuchli bo'lmasa-da, manziliga etib bordi", - deya jangdan keyin o'z fikrini bildirgandi Nursulton Ro'ziboev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: