Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi MMAdagi faoliyatini rasman yakunlaganini malum qildi. Bir hafta oldin Joze Aldo eshikni yopmayotgani, hali oktagonga qaytishi mumkinligini aytgandi.
U Rio-de-Janeyrodagi "Nova Uniao" mashg'ulot bazasida o'z oila azolari davrasida katta sportdan butunlay ketganini elon qildi. SHu erning o'zida rasmiy matbuot anjumani ham o'tkazildi.
"Qafas hamisha mening manzilim, janglar esa – mening hayotim bo'lgan. Bugun men bu yo'lni xotirjam qalb bilan yakunlayapman. Boshqa qaytmayman, chunki o'z missiyamni shu erga kelganda tugatdim. Vazifa qon evaziga, lekin intizom va sharaf bilan uddalandi. O'tgan yillar davomida men umrimning malum bir qismini shu sportga bag'ishladim. Endi bor etiborimni oilamga bag'ishlayman. Hayotdan zavq olib yashashda davom etaman. Bizning yakkakurashdagi hayot yo'lini boshlayotganlarga yordam beraman. SHuncha yil mobaynida yonimda bo'lgan barchaga o'z rahmatimni aytaman. Nimaga erishgan bo'lsam, bari siz tufayli", – dedi Aldo.