Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Fight Night 256 turnirining asosiy kardida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham o'z jangini o'tkazadi. Aralash yakkakurash ustamiz Dastin SHtolcfusga qarshi oktagonga chiqadi. Kecha barcha jangchilar tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimida hozir bo'lishdi. Nursulton ham, Dastin ham tarozida bir xilda – 84.2 kg vazn qayd etib, belgilangan vazn meyorini bajardi.
Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda braziliyalik Gilbert Byorns ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi oktagonga chiqadi. Byorn tarozida raqibidan 200 grammga engilroq tosh bosdi. UFC Fight Night 256 turnirining barcha ishtirokchilari belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
UFC Fight Night 256 turniri tarozi natijalari:
Asosiy kard
Gilbert Byorns (77.1 kg) – Maykl Morales (77.3 kg)
Pol Kreyg (93 kg) – Rodolfo Bellato (93.2 kg)
Sodik Yusuff (70.5 kg) – Mayron Santos (70.5 kg)
Dastin SHtolcfus (84.2 kg) – Nursulton Ro'ziboev (84.2 kg)
Julian Erosa (65.8 kg) – Melkuizael Kosta (65.8 kg)
Prelim kard
Gabriel Grin (70.1 kg) – Mateus Kamilo (70.3 kg)
Jared Gordon (70.8 kg) – Tiago Moyzes (70.5 kg)
Yadier Del Valle (66 kg) – Konnor Metyus (65.8 kg)
Luana Santos (61.7 kg) – Tainara Lisboa (61.4 kg)
Elis Rid (52.2 kg) – Deniz Gomes (52.2 kg)
Yun Sun Pak (56.9 kg) – Karlos Ernandes (57.2 kg)
Tisha Pennington (51.9 kg) – Luana Pineyro (52.4 kg)