Xasbik yarimengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Iliya Topuriyani jangga chorladi. U CHarlz Oliveyraning o'rnini egallashga tayyorligini aytdi.
"Ey, Topuriya, agar chindan ham sen kamarni xohlayotgan bo'lsang, unda men tayyorman. Dana Uayt, menga shartnoma jo'nat. Men engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini yana Dog'istonga qaytaman", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar qoldirgan Xasbik.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev vakant qoldirgan engil vazndagi UFC kamari uchun Topuriya va Oliveyra o'zaro jang qilishadi. Ushbu to'qnashuv 28 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobayl" arena mezbonlik qiladigan UFC 317 turnirining asosiy jangi bo'ladi.