Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni 19 iyul kuni AQSHda yarimo'rta vaznda amaldagi WBC yo'nalishi chempioni Mario Barriosga qarshi ringga ko'tariladi.
"Birinchidan, uning Barriosga kuchi etmaydi. Ikkinchidan, men hozir o'zimni taqvodor qilib ko'rsatib, bu jang sharmandalik ekanini aytmoqchi emasman. Lekin baribir boksdan besh yilga yo'qolib ketib, kamiga 46 yoshda qaytish mumkinligiga ishongim kelmaydi. O'z davrini o'tab bo'lgan degan so'zni ishlatishni istamayman, chunki bu juda hurmatsizlik. Tashkilotga qo'ng'iroq qilib, "Ey ahmoqlar, meni reytingda beshinchi o'ringa qo'yinglar" deb aytishni o'zi sharmandachilik. Jin ursin, hech bo'lmasa 14-o'ringa qo'yishsa bo'lardi... Nega uni beshinchi o'ringa qo'yasiz? Nega uni reytingga qaytaryapsizlar o'zi?", — deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, jang elon qilinishidan oldin WBC tashkiloti 5 yil oldin faoliyatini yakunlagan Menni Pakyaoni reytingning 5-pog'onasiga joylashtirgan edi.