Tashkilotchilar tomonidan ushbu raqamlangan UFC 318 turnirining yana bir jangi tasdiqlandi. Yarimo'rta vazn toifasida amerikalik aralash yakkakurash ustasi Nil Megni Islandiya vakili Gunnar Nelsonga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Nil Megni so'nggi jangini 2024 yilning noyabr oyida tashkil etilgan UFC Fight Night 247 turniri doirasida Karlos Pratesga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi. Uning hisobida 29 g'alaba va 13 mag'lubiyat bor.
Gunnar Nelson esa oxirgi jangini shu yilning mart oyida UFC Fight Night 255 turnirida tajribali Kevin Xollandga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Gunnarning MMAdagi rekordi - 19 g'alaba, 6 mag'lubiyat va 1 durangni tashkil qilmoqda.