Bu safar Marvin Vettori hamda kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan, hozirda Germaniya sharafini himoya qilayotgan Islam Dulatov ishtiroklaridagi janglar rasman tasdiqlandi. O'rta vazn (84 kg) toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar italiyalik Marvin Vettori AQSH vakili Brendan Allenga qarshi oktagonga chiqadi.
Ushbu jang 19 iyul kuni AQSHning Luiziana shtati Yangi Orlean shahrida tashkil etiladigan UFC 318 turniri doirasida bo'lib o'tadi. SHuningdek, promoushen tomonidan aynan UFC 318 turniridan o'rin olgan yana bir jang tasdiqlandi. Islam Dulatov UFC`dagi debyut jangida amerikalik Adam Fyujittga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang yarimo'rta vazn (77 kg) toifasida o'tkaziladi.