Misfits promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda yarimog'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Darren Till o'zining professional boksdagi ikkinchi jangida ringga ko'tarildi.
Britaniyalik sportchiga sakkiz raundlik jangda hamyurti, sobiq UFC jangchisi Darren Styuart raqiblik qildi. Jang davomida Till vatandoshini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. To'liq sakkiz raund davom etgan bahsda Darren Till hakamlarning yakdil qarori bilan - 77-74, 77-73, 77-74 hisobida g'alaba qozondi.