SportUz.Net

Zo'r xabar. Bogdan Guskovning jangi tasdiqlandi

13.05.2025 20:18    


Rasmni yuklab olish

Tarixda ilk bor ikki o'zbek UFC jangchisi bir oqshomda o'z janglarini o'tkazadigan bo'ldi.

Ramazon Temirovdan keyin Bogdan Guskovning ham 26 iyul kuni UFC Abu-Dabi turniri kardida jang o'tkazishi malum bo'ldi. Yarimog'ir vazndagi aralash yakkakurash ustamiz shu kuni rossiyalik 33 yoshli Nikita Krilovga qarshi oktagonga chiqadi. 

Krilov aprel oyida ikki yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan va biroz kutilmaganda birinchi raundning o'zida nokaut evaziga Dominik Reyesga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Nikita bu mag'lubiyatiga qadar uchta jangda g'alaba qozongandi. 

Angrenlik 32 yoshli Bogdan Guskov esa uchta g'alabali seriya bilan kelmoqda. O'zining  debyut jangida tajribali Volkan Ozdemirga yutqazgan hamyurtimiz keyin Zak Pauga va Rayan Spenn ustidan nokaut evaziga g'alaba qozondi, Billi Elekanni esa gilotina usuli bilan taslim etgandi.

Ayni paytda Nikita Krilov UFC yarimog'ir vazn toifasi reytingida o'ninchi, Guskov esa o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: