SportUz.Net

Xaver Mendes: "Belal Xabibning yo'lidan bordi, lekin buning tovonini qon bilan to'ladi"

13.05.2025 19:45    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes yakshanba tonggida o'tkazilgan jangdagi Belal Muhammadning harakatlariga baho berdi.

Endilikda yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Belal Muhammad avstraliyalik davogar Jek Della Maddalenaga ochkolar hisobi bilan yutqazib qo'ygandi. 

"Hech birimiz Belalni faqat ustunga tayanib g'alaba qozonishi mumkin deb o'ylamagandik. SHuning uchun u hech birimiz ishonmagan ishni qilishni xohladi - men shunday deb o'ylayman. Xato qilishim mumkin, lekin u ongli ravishda shunday taktikani tanlagandek tuyuldi. Uni chempionlikka olib kelgan narsadan foydalanishni istamadi.

Men doim Xabibni kuzatardim, chunki uni doim kuchsiz zarbasi uchun tanqid qilishardi. Men hamisha uni reja doirasida ushlab turishga harakat qilardim. U ko'pincha hammaga tik turgan holda jang qila olishini isbotlashga urinardi va haqiqatan ham, vaqt o'tishi bilan Xabib buni juda yaxshi o'rganib oldi. 

Lekin baribir bu menga yoqmasdi, chunki men uni eng yaxshi qiladigan narsadan foydalanishini xohlardim. Va bu ko'plab jangchilar yo'l qo'yadigan xato. Belal shu tomondan xato qildi va buning tovoni, yani badalini qoni bilan yuvdi", - dedi Mendes.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: