SportUz.Net

Bokschilarimizning World Boxing turniridagi bugungi ishtiroki g'alaba bilan boshlandi

13.05.2025 16:15    


Rasmni yuklab olish

Polsha poytaxti Varshava shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslari davom etmoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kun dasturidan 6 nafar bokschimizning janglari o'rin olgan. Ulardan dastlabkisi o'z jangini g'alaba bilan yakunadi. -57 kg vaznda bahslarga kirishgan Xumorabonu Mamajonova ilk jangida mo'g'ulistonlik Michidma Erdenedalaini 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Juftliklar bilan tanishing:

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Michidma Erdenedalai (Mo'g'iliston) 5:0

-70 kg: Gofurjon Tohirov - SHpetim Bajoku (Kosovo) 15:45

-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikodem Kozak (Polsha) 17:00

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daniel Pitt (Uels) 17:15

-60 kg: Samandar Olimov - Enkhtur Tegshjargal (Mo'g'iliston) 23:15

+90 kg: Jahongir Zokirov - Mujahit Ilyas (Turkiya) 23:45



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: