Britaniyalik sobiq jahon chempioni aynan ukrianalikka yutqazganidan keyin professional boksdagi faoliyatini yakunlanganini elon qilgandi.
"Agar Tayson Fyuri faoliyatini qayta tiklasa, biz yana bir bor muxlislarga katta jang taqdim etishimiz mumkin. Bu borada hech qanday muammo yo'q, men tayyorman! Balki Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida jang o'tkazarmiz", – deya Queensberry Promotions`ga intervyu bergan Usik.
Malumot uchun, 38 yoshli Aleksandr Usik havaskor boks bo'yicha London-2012 Olimpiadasi chempioni bo'lgan. 2013 yilda professional ringda debyut qilgan. 2016 yilning sentyabr oyida birinchi og'ir vazn (90,7 kg) toifasida jahon chempioniga aylangan. 2018 yilning iyulida shu vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lib, keyin superog'ir vaznga o'tgan edi. 2024 yilning may oyida Tayson Fyurini mag'lub etib, superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lgandi.
Xaver Mendes: "Belal Xabibning yo'lidan bordi, lekin buning tovonini qon bilan to'ladi"