Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining murabbiyi Xaver Mendesning aytishicha, uning shogirdi Della Maddalenaga qarshi jangda nafaqat parterda, balki "stoyka", yani tik holatda ham g'alabaga erisha oladi. Avstraliyalik jangchining bazasi aynan zarbaga qo'yilgan. Belal Muhammad shuncha harakat qilsa ham, Jekni deyarli parterga tushira olmadi.
"Islam Jekdan tik turgan holatdagi zarbalar almashinuvidan qochadimi? Oldindan shuni aytishim kerak, Maxachev — MMA tarixidagi universal jangchi hisoblanadi. Uning zarba texnikasi jangdan-jangga mukammallashib boryapti. Islam har bir raundda taktikasini o'zgartirish xususiyatiga ega. U burchagidagilar nimani qilishni aytsa, shuni bajaradi. SHu boisdan, biz jang paytida unga nima foyda keltirsa, shuni aytamiz. Ha, Islam Jek Dellani parterda ham, tik turgan holatda ham mag'lub eta oladi", — dedi Mendes Submission Radio YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Xaver Mendes: "Belal Xabibning yo'lidan bordi, lekin buning tovonini qon bilan to'ladi"