SportUz.Net

Bunaqasi har doim ham bo'lavermaydi: Madrimovning vaznidagi Fundora Tim Czyu bilan revansh jangi uchun WBO kamaridan voz kechdi

30.04.2025 14:12    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundora WBO unvonini puerto-rikolik Ksander Zayasga qarshi himoya qilishdan bosh tortdi.

U endi 19 iyul kuni Las-Vegas shahrida ushbu divizionda sobiq jahon chempioni Tim Czyuga qarshi revansh jangini o'tkazishni rejalashtirmoqda.

"Bu hamma ko'rmoqchi bo'lgan jang. Yana kimningdir qoni to'kiladi. Biz bu jangni 19 iyul kuni Las-Vegasda o'tkazishimiz mumkin", deydi Fundoraning promouteri Sampson Levkovich.

Eslatib o'tamiz, Fundora va Czyu o'rtasidagi birinchi jang 2024 yilning mart oyida bo'lib o'tgan va unda Sebastyan ochkolar hisobida g'alaba qozonib, Timofeyga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. Mazkur vazn toifasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Isroil Madrimov faoliyat olib boradi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: