Gap Guram Kutateladze haqida bormoqda. SHu yilning mart oyida Kutateladze Kaui Fernandesga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu Guramning so'nggi to'rtta jangidagi uchinchi mag'lubiyati edi.
Qizig'i, u 5 yil ichida bor yo'g'i 5 tagina jang o'tkazdi. Bu bir yilga bitta jang degani. Hisobida 2 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Kutateladze o'zining debyut jangida polshalik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mateush Gamrotni ochkolar hisobi bo'yicha taslim etgandi. Gamrot ayni paytda engil vazn reytingida 7-o'rinni egallab turibdiyu.
SHuningdek, 33 yoshli Guram Kutateladze Xamzat CHimaev bilan yaqin do'st ekani bilan ham tanilgan. U o'z vaqtida CHimaev bilan birga SHveciyaning Allstars Training Center klubida mashg'ulot o'tkazgan.