
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi 36 yoshga to'lganidan keyin jang qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda 32 yoshli britaniyalik chempion "Angry Ginge" taxallusi bilan tanilgan yutuber Morgan Bertvistlga bergan intervyusida malum qildi.
"Ayrim og'ir vaznlilar qirq yoshdan keyin ham urishadi. Bu men istagan narsa emas. Agar g'alaba qozonsam, sog'-salomat bo'lsam, davom etishni istayman. Keyin bu menga yoqishi kerak, men o'z ishimdan zavq olishim lozim - bu juda muhim. Bu og'ir sport turi. O'ylashimcha, bu ishni yoqtirmay qo'ysang, u bilan shug'ullanmasang ham bo'laveradi. Men 35-36 yoshlarda nuqta qo'yishni istardim. Aytish qiyin. Ammo hozir bu menga chindan ham yoqadi", - dedi Aspinall.
Joriy yilning oktyabr oyida Tom Aspinall Siril Ganga qarshi chempionlik kamarining birinchi himoyasiga chiqdi. Birinchi raund oxirida raqibi ko'ziga zarba bergani uchun jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Yaqinda britaniyalik bo'lajak operaciya haqida xabar berdi. Bu esa mish-mishlarga ko'ra, Siril Gan va Aleks Pereyra o'rtasida vaqtinchalik kamar uchun jang bo'lishiga zamin yaratib beradi.
