
— Sen Kamaru, 38 yoshda bo'lsa ham, Morales va Pratesni "bosib ketadi", deding. Nima uchun?
— Tajriba ko'p. Kamaruning so'nggi jangini ko'rdingiz, u Baklini yutdi. U ham davogar edi, unga katta umidlar bog'langandi, lekin Kamaru uni "bosib o'tdi" va hammasi unutildi. Xuddi shu holat bu yigitlar bilan ham bo'ladi. Ular hali yosh. O'ylayman, Kamaru tajriba hisobiga ularni ham "bosib o'tadi".
— Sen uni o'zing uchun eng noqulay raqib deb ham aytding. Bu ham tajribasi bilan bog'liqmi?
— CHunki u kurashadi, yaxshi zarba beradi, deyarli uslublarimiz bir xil. Jismoniy kuch jihatidan u mendan qolishmaydi, balki kuchliroq ham bo'lishi mumkin. Bu juda raqobatli jang bo'ladi. Balki kimdir "Maxachev mag'lub bo'lgan Kamaruni chaqiryapti", deb o'ylar, lekin men uni hali ham yaxshi formada deb hisoblayman", — dedi Maxachev.