
— Ian Garri sen uchun o'z Makgregoring bo'lishi mumkinmi?
— Bunday o'ylamayman. U bunday personaj emas. Hozir hammasi Konor bo'lishga harakat qilyapti, lekin ularda bu hatto yaqin ham chiqmayapti. Ayrim hollarda bu juda kulgili ko'rinadi.
Ian Garriga kelsak, 77 kg vaznda hozir juda ko'p jangchilar bor, divizion ancha o'zgardi, ko'p nomlar chiqdi. Bu hozir UFCdagi eng qiziqarli vazn toifasi. Lekin aynan Morales hozir yaxshi raqib bo'lardi, chunki u mag'lubiyatsiz kelyapti. Pratesni olsak, u yaqinda Garriga yutqazgan. Garrini olsak, u SHavkatga yutqazgan. Bu vaznda ularning barchasida mag'lubiyatlar bilan bog'liq qandaydir tarix bor, — dedi Maxachev.