
— Seningcha, professionallar o'rtasida MMA bo'yicha jahon chempionati bo'lishi yaxshi bo'larmidi?
— Ha, albatta yaxshi bo'lardi. Gap-so'zlar kamayardi. Qiziqarli janglar bo'lardi. Men qo'llab-quvvatlayman. Lekin Dana Uaytning bu masalada o'z qarashi bo'lishi mumkin.
— Rossiya terma jamoasiga kimni bosh murabbiy qilarding?
— Menimcha, Xabib 100 foiz murabbiy bo'lishi kerak edi, hamma jangga juda yaxshi formada chiqardi, — dedi Maxachev.