
Oqshomning asosiy jangida ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue meksikalik davogar Alan Devid Pikassoga qarshi ringga ko'tarilib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etgan va unda Inoue 119-109, 118-110, 117-111 hisoblarida g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, Inoue bundan avvalgi jangini sentyabr oyida Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. CHarm qo'lqop ustamiz jang yakunlanganidan keyin Naoyaning g'alabasiga qisqaga munosabat bildirdi. Murodjon Instagram sahifasiga ikkita surat joylab, yaponiyalikni g'alaba bilan tabriklagan.
Congratulations @naoyainoue_410
勝利おめでとうございます

