
Kechaning co-main event jangida yaponiyalik Junto Nakatani meksikalik Sebastyan Ernandesga qarshi ringga ko'tarildi.
Ikkinchi eng engil vazn toifasida o'tkazilgan jang to'liq davom etdi va unda Nakatani 115-113, 115-113, 118-110 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba orqali, Nakatani divizionda birinchi raqamli davogarga aylanib oldi.
U endi navbatdagi jangini katta ehtimol bilan Inoue - Pikasso to'qnashuvi g'olibiga qarshi o'tkazadi.

