SportUz.Net
iks
ads

Naoya Inoue va Alan Pikassoning bugungi jangi uchun gonorarlari elon qilindi

27.12.2025 15:30    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 27 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks bo'yicha The Ring V: Night of the Samurai turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi ikkinchi yarim engil vazn toifasida (55,2 kg gacha) amaldagi mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue hamda mag'lubiyatsiz seriya bilan kelayotgan meksikalik Alan Devid Pikasso o'rtasidagi chempionlik jangi bo'ladi.

Murodjon Ahmadalievga qarshi so'nggi jangida Inoue 10 million dollar gonorar olgandi. Pulli translyaciyalar (PPV) sotuvidan tushgan ulushni hisobga olgan holda, yaponiyalikning bugungi jangdan oladigan umumiy daromadi 18 million dollarga etishi kutilmoqda.

Pikassoning gonorari taxminan 2 million dollarga baholanmoqda, bu uning oldingi shartnomalariga asoslangan. O'tgan jangda meksikalik bokschi yaponiyalik Kyonosuke Kamedaga qarshi ringga chiqqan va g'alaba qozongandi. O'sha jangdan u 400 ming dollardan ko'proq gonorar ishlab olgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: