SportUz.Net
iks
ads

"Naoya Inoue - inson, u ham xato qilishi mumkin" - Alan Devid Pikasso

27.12.2025 12:57    


Rasmni yuklab olish

25 yoshli meksikalik bokschi Alan Devid Pikasso Naoya Inouega qarshi jang oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Inoue kuchli va juda tez ekanini ko'ryapman. Ammo u inson, demak, xato qilishi mumkin. Undan bo'yim baland — bu muhim omil, bu yordam berishi kerak. Bu yil ringda ko'p vaqt o'tkazmadim, atigi bitta jang o'tkazdim. Biroq zalda avvalgidan ham ko'proq vaqt mashq qildim. Juda ko'p tayyorlandim va tayyorman.

Men oilam va jamoam uchun jang qilaman. “Uch mushketyor”da aytilganidek: “Bir kishi — barcha uchun”. Bu bir meksikalik bokschi uchun eng katta jang, shuning uchun bu masuliyatni ham his qilyapman. Bu bitta emas, balki beshta kamar bo'ladi — ularning barchasini uyga olib ketaman. Ilgari hech qachon bunday hisni boshdan kechirmaganman, bu alohida bir voqea bo'lishini bilaman", — deya Pikasso so'zlarini keltiradi The Ring nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: