
Yakuniga etib borayotgan yil davomida o'zbekistonlik sportchilar jahon va Osiyo chempionatlari, shuningdek, kompleks musobaqalarda ishtirok etishdi. SHundan kelib chiqib, 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilishi mumkin bo'lgan nomzodlar soni ham etarlicha edi. Jahon chempionati va VI Islom Birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raev "2025 yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi. U o'zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda 9 ta oltin medal qo'lga kiritdi.

Ayollar o'rtasida bokschimiz Navbahor Hamidova "2025 yilnig eng yaxshi ayol sportchisi" deya elon qilindi. U shu yil jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibasiga aylandi.
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sifatida shu yil yunon-rum kurashi terma jamoamizda to'g'ridan-to'g'ri bosh murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan Rustam Assakalov etirof etildi. "Yilning eng yaxshi terma jamoasi" nominaciyasida kutilganidek, boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi g'olib bo'ldi.
"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi" nominaciyasi g'olibligi O'zbekiston futbol associaciyasiga nasib etdi. Milliy mukofotni Associaciya raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov qabul qilib oldi.
"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" nominaciyasida "Milliy mukofot" 19 yoshida kattalar o'rtaisda yunon-rum kurashida jahon chempioni bo'lgan Aytjan Xalmaxanovga topshirildi.

“Milliy sport mukofoti-2025” g'oliblari:
"Yil kashfiyoti" (o'smirlar) — Najmiddin Qosimhojiev (taekvondo WT, kattalar o'rtasida jahon chempioni)
"Yil kashfiyoti" (qizlar) — Dilafro'z Boltaboeva (dzyudo, o'smirlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni, Yoshlar Osiyo o'yinlari g'olibasi)
"Paralimpiya yo'nalishida yil kashfiyoti" — Mahdiya Muxtorova (para suzish)
"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" — Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, kattalar o'rtasida jahon chempioni)
"Yilning yaxshi yosh paralimpiyachisi" — Husniya Olimjonova (para engil atletika)
"Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi" — (Sambo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi)
"Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi sportchisi" — Gulshanoy Alimardonova (karate WKF bo'yicha jahon chempioni)
"Olimpizm va sport targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun" — Rixsitilla Umarov (sport sharhlovchisi)
"Yilning eng yaxshi fotomuxbiri" — Abdulla Fayzullaev (Milliy olimpiya qo'mitasi fotomuxbiri)
"Yilning eng yaxshi sport jurnalisti" — SHafoat Tolibjonova ("SPORT" telekanali)
"Yilning eng faol sport targ'ibotchisi" — Abdurahmon Fozilov (bloger)
"Yilning eng esda qolarli mimikansi" — Nematulloh Rustamjonov (futbol bo'yicha o'smirlar terma jamoasi darvozaboni, qoshini qoqib qo'ygani uchun)
"Yilning yaxshi sport shifokori" — Tatyana Taralyova
"Yilning yaxshi hakami" — Dilorom Turdiqulova (qilichbozlik)
"Muxlislar mehrini qozongan murabbiy" — Islom Ismoilov (futbol bo'yicha o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi)
"Muxlislar mehrini qozongan sportchi" — Javohir Sindarov (shaxmat bo'yicha Jahon kubogi g'olibi)
"Muxlislar mehrini qozongan parasportchi" — Madina Muxtorova (para engil atletikachi)
"Yuksalayotgan federaciya" — O'zbekiston stol tennisi federaciyasi
"Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi" — O'zbekiston voleybol federaciyasi
"Hududlarda sport turini rivojlantirishsha qo'shgan hissasi uchun" — O'zbekiston o'q otish federaciyasi
"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi" — O'zbekiston futbol associaciyasi
"Yilning eng yaxshi terma jamoasi" — Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi




Bogdan Guskov: "Pyotr Yan - Merab Dvalishvili... o'n martadan o'n marta mag'lub etadi"
“Milliy sport mukofoti-2025”ning barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblari + FOTOGAELEREYA