
"Lujniki"da o'tajak ushbu IBA.PRO 14 turnirida yaqinda Dubayda o'tgan jahon chempionati g'olibi David Surov (+92), kumush medal sovrindorlari Evgeniy Kool va Edmond Xudoyan ringga ko'tariladi.
David Surov professional ringdagi debyut jangini o'tkazadi. Hozircha uning raqibi aniq emas. Uch karra Rossiya chempioni, Evgeniy Kool (1-0, 1 KO) 6 raundlik yarim o'rta vazn toifasidagi jangda Afrika o'yinlarining ikki karra sovrindori, Afrika-2017 chempioni, Olimpiada-2016 ishtirokchisi namibiyalik Jonas Junius Jonasga qarshi ringga chiqadi.
Evropa chempioni-2024, jahon chempionati-2023 bronza medali sovrindori, Rossiyaning olti karra chempioni, -48 kg vazn toifasida Dubayda bo'lib o'tgan JCH-2025 kumush medali sohibi Edmond Xudoyan WBA Asia kamari uchun hali nomi oshkor etilmagan raqibga qarshi 10 raundlik jang o'tkazadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu kardda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadullaevga (6-0, 4 KO) sobiq EBP chempioni, professionallar o'rtasida Rossiya chempioni Alan Xugaev (21-0, 10 KO)ga qarshi birinchi o'rta vazn toifasidagi 8 raundlik jangda qarshi ringga chiqadi.
Malumot uchun, IBA.PRO 14 turniri "Match TV" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

“Milliy sport mukofoti-2025”ning barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblari + FOTOGAELEREYA
Mag'lubiyatsiz bokschimiz jahon chempionati sovrindorlari bilan bir oqshomda ringga ko'tariladi